"Andijon" - "Navbahor" uchrashuvi uchun chiptalar narxi qancha?
Ma’lumki, 23 sentyabr kuni Superliganing 19-turida “Andijon” o‘z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. Shiddatli o‘tishi kutilayotgan vodiy derbisi uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Bu xususida “Andijon” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun chipta narxlari, SIP sektor uchun 60 ming so‘m, shuningdek, sektorlarga qarab 40 ming, 30 ming va 25 ming so‘m etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Navbahor” qarama-qarshiligi soat 18:00 da boshlanadi.



Fikrlar