“Andijon” 2 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 23.07.2019 18:07
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini yakunlagan Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi “Andijon” jamoasi bugun Andijon shahridagi sport-qarorgohiga yig‘ildi va 27 iyul kuni “Buxoro” jamoasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Xabaringiz bor, Toshkentdagi yig‘inda “Lokomotiv” va “Dinamo” jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazgan jamoa bir qator yangi futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazgan edi.

O‘tgan mavsumda “Andijon” jamoasini Superligaga chiqishida o‘z hissasini qo‘shgan Davron Isoqov “Andijon” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Shuningdek, aslida andijonlik bo‘lgan, “Bunyodkor” jamoasidan tashrif buyurgan yarim himoyachi Sardor Azimov ham “Andijon” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Sardor Azimov 19-raqamda, Davron Isoqov esa 29-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Behzod Aliev
23/07/2019 18:18
Яхши янгилик энди натажа керак Андижон
&
Surxon turon
23/07/2019 18:05
Ааа