"Andijon" 9 yanvar kuni Superliga debyutantiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan "Andijon" Superliga debyutanti "Turon"ga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, murabbiylar shtabi nazorat uchrashuvida bir qator yosh futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishni maqsad qilgan.
"Andijon" va "Turon" jamoalari bellashuvi 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar