"Andijon" bu yil hisobidan Qarshida uchinchi o‘yinini o‘tkazadi yoxud "Ajdarlar" va "Burgutlar" to‘qnashuvi oldidan

  • 24 avgust, 2024, 22:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yil hisobidan "Andijon"ning Qarshi shahridagi uchinchi o‘yiniga guvoh bo‘lamiz. Bundan avval ikki marta “Qizilqum” klubi Qarshidagi “Markaziy” stadionda nominal mezbon sifatida "Andijon" bilan kuch sinashdi. Avvaliga chempionat doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jangovar durang – 3:3 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, keyingi to‘qnashuvda O‘zbekiston Kubogi chorak finalida Xomyakov jamoasi raqibini ushbu stadionda 0:3 hisobida tor-mor keltirdi. Bu safar esa chempionat doirasida “Nasaf”ga qarshi maydonga tushishadi.

Tecno

Xabaringiz bo‘lsa, “Andijon” “Nasaf”ga qarshi ushbu mavsumning o‘zida ikki marta to‘qnash kelishga ulgurdi. Birinchi davrada “Bobur arena”da bo‘lib o‘tgan bahsda 1:1 hisobi kuzatilgan. Keyingi o‘yin esa O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turida kuzatilgan. “Bobur arena”dagi uchrashuvda Bektemir Abdumannonov qo‘shib berilgan daqiqalarning oxirida muhim golni urgan va "Andijon" 1:0 hisobida g‘olib chiqqan holda Kubokdagi yurishini davom ettirmoqda.

“Nasaf” va “Andijon” jamoalari milliy chempionatda 45 bor kuch sinashishgan. “Ajdarlar”da 27, “Burgutlar”da esa 7 ta g‘alaba bor. 11 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 95x50 “Nasaf” foydasiga.

O‘tgan yili Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Andijon” chempionatning 1-turida “Nasaf”ni yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchratib qaytgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!