"Andijon" chempionga qarshi o‘yinga tayyorgarligini boshladi

  • 02.10.2023 08:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

27 sentyabr kuni “Metallurg”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng "Andijon" jamoasi a’zolariga qisqa muddatli tanaffus berilgandi. Bugun futbolchilarimiz klub qarorgohida to‘plandilar.

Oldinda “Andijon”ni yanada muhim o‘yin kutib turibdi. 8 oktyabr sanasida “Bobur Arena”da mezbonlar O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Paxtakor”ni qabul qiladi.

Shuning uchun bo‘lajak uchrashuvga "Burgutlar" astoydil tayyorgarlikka kirishdi. “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvning ahamiyati qanchalik jiddiyligini barcha yaxshi tushunib turibdi.

Deyarli barcha futbolchilar sog‘-salomat holatda mashg‘ulotlarda zo‘r berib ishlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Paxtakor” ishtirokidagi uchrashuv 8 oktyabr kuni soat 17:00 da boshlanadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!