"Andijon" darvozaboni "Istiqlol" safida?
Birinchi Ligada ishtirok etayotgan "Andijon" klubi darvozaboni Lochin Dolimov ayni vaqtda Farg‘onaning "Istiqlol" jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Bu haqda farg‘onaliklarning "Telegram" messenjeridagi rasmiy kanali xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, golkiper katta ehtimol bilan ikkinchi davrani "Istiqlol" safida o‘tkazadi.
Fikrlar