"Andijon" ertaga Tojikistonda o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi

  • 4 iyun, 09:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida "Andijon" jamoasi Tojikiston milliy banki o‘quv markazining sport kompleksida o‘z yig‘inini olib bormoqda.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, kuniga ikki mahaldan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar yuqori darajada davom ettirilmoqda. Shuningdek, rejaga ko‘ra, mazkur yig‘in davomida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Shu maqsadda ertaga, 5 iyun sanasida “Andijon” Tojikistonning etakchi klublaridan biri hisoblangan “Xo‘jand”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Mazkur bahs "Andijon" istiqomat qilayotgan “Natsbank” qarorgohining maydonida soat 17:30 da boshlanadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!