"Andijon" futbolchisi klubi va terma jamoadagi maqsadi haqida gapirdi

  • 29 may, 2022, 18:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi pro liganing 10-turida o‘z maydonida “Zomin”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz a’zosi - iqtidorli yarim himoyachi Sherzod Esonov “Andijon”ning g‘alabasiga o‘z goli bilan munosib hissa qo‘shdi. Kuni kecha u bir qator savollarga javob qaytardi.

- Qiyin o‘yin bo‘lishini oldindan bilgandik, - deya gap boshladi, Esonov. - Chunki “Zomin”da hech qanaqa bosim yo‘q edi. Biz esa yutishimiz shart edi. Agar ochko yo‘qotganimizda birinchi o‘rindagi “Turon” bilan ochkolarimiz farqi to‘rttaga ko‘payib ketardi.

- Aytish kerakki, jamoa “Zomin”ga qarshi qiyinchilikka duch keldi. Balki raqibga jiddiy qaralmadimi?

- Oson klublarning o‘zi yo‘q. Oxirgi o‘rindagi jamoami yoki birinchi o‘rindagi klubmi, biz doim bir xil tayyorlanamiz. Balki “Zomin”ni noqulay raqib deb o‘ylaymizmi, bilmadimu, ammo ancha qiyin bo‘ldi.

- Asosiy tarkibda maydonga tushganingizda gol urishingizni sezganmidingiz?

- Ha, gol uraman deb maydonga tushgandim.

- O‘zbekiston U-20 terma jamoasiga chaqirildingiz. Tabiiyki, yig‘inga yaxshi kayfiyatda borasiz, u erdagi maqsadingiz qanday?

- Terma jamoada ham “Andijon” sharafini munosib himoya qilish va o‘z o‘rnimga ega bo‘lishni istayman. Bu terma jamoa. Shu sababli O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishimiz kerak.

- Terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov u erda ham sizni “Andijon”da o‘ynayotgan pozitsiyada sinab ko‘ryaptimi yoki...

- Hozircha bilmadim. Lekin bundan oldingi yig‘inlarda hujumchilar ortida, hujumkor yarim himoyachi sifatida sinab ko‘rdi. Menga farqi yo‘q, murabbiylar qaerda sinab ko‘rishsa, o‘sha pozitsiyada qo‘limdan kelganicha o‘ynayman.

- Ravshan Haydarov siz bilan “Andijon”dagi har o‘yindan keyin gaplashib turadimi?

- Ha, har o‘yindan so‘ng o‘zaro gaplashaman. Barcha murabbiylar bilan aloqalarimiz yaxshi.

- Futbolchi sifatidagi keyingi rejalaringiz qanday?

- Rejalarimga kelsak, “Andijon” bilan Superligaga chiqish. Bundan keyin ham jamoamga ko‘proq yordam berishni xohlayman. Gollarim bilan ham, o‘yinim bilan ham qo‘ldan kelganicha “Andijon”ga foyda keltirishga bor kuchimni sarflayman.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
29/05/2022 18:59
Тузатиш .барча у'йинларда келди тилаймен
&
Bek 56
29/05/2022 18:57
Яхши баракалло яхши бола экан барчв у'йинларда унга кнлди тилаймен форчсчасига (омад)