"Andijon" ikki nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 28.07.2023 17:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Andijon" jamoasi yozgi selektsiya jarayonida bir qator yangi futbolchilar bilan murozakaralarga kirishgan. Aytish kerakki, ulardan ikki nafari bilan shartnoma imzolandi.

Jumladan, yaqinda mashg‘ulotlarga qo‘shilgan, birinchi davrani “Navbahor-Farm” jamoasida o‘tkazgan Ibrohim G‘anixonov hamda “Paxtakor”ning iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan biri Abbos Ergashboev bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qilamiz.

Lekin “Andijon”ning “Nasaf”ga qarshi bugungi uchrashuvida Ergashboev jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!