
“Andijon” klubi “Nasaf” va “Qo‘qon-1912”dan oldinda
1-3 aprel kunlari Superligada 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Natijalar bilan saytimiz orqali ma’lum qilib bordik.
Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislarining statistikasini tanishtiramiz.
Bu gal stadionlarimizga jami 28634 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 4091ni tashkil qiladi (avvalgi turda 39000dan ortiq odam bahslarni bevosita arenadan kuzatib borgandi).
Eng ko‘p muxlis Andijondagi “Bobur” arenada qayd etildi. Uchrashuvni 8524 odam shohidi bo‘ldi. “Burgutlar” muxlislar tashrifi borasida etakchiga aylandi.
Eng kam ishqiboz Toshkentda. “Paxtakor” – “Metallurg” qarama-qarshiligiga 413 tomoshabin tashrif buyurdi. Chempionning o‘yiniga bu darajada kam ishqiboz kelishi achinarli holat, albatta.
Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladigan AGMK xorijga jo‘nab ketishidan avval oxirgi tayyorgarlikni ko‘zdan kechirdi. Raqib “Navbahor”. Turning markaziy to‘qnashuvini 4411 muxlis tomosha qildi.
Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):
“Andijon” – “Mash’al” 1:1. 8524 tomoshabin
“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” 0:0. 6542 tomoshabin
“Nasaf” – “Turon” 4:0. 5878 tomoshabin
AGMK – “Navbahor” 2:1. 4411 tomoshabin
“So‘g‘diyona” – “Surxon” 2:1. 1842 tomoshabin
“Lokomotiv” – “Qizilqum” 1:1. 1024 tomoshabin
“Paxtakor” – “Metallurg” 2:1. 413 tomoshabin
Fikrlar