"Andijon" mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Neftchi"ni to‘xtata oladimi yoxud vodiy derbisi haqida

  • 31 avgust, 2023, 01:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 18-turiga yakun yasab beruvchi o‘yinga Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida guvoh bo‘lamiz. Bugun u erda vodiy derbisi doirasida “Neftchi” va “Andijon” jamoalari kuch sinashadilar. Bunga qadar tur doirasidagi barcha o‘yinlar o‘tkazib bo‘lingani sababli 31 avgust sanasidan faqatgina “Neftchi” hamda “Andijon” ishtirokidagi uchrashuv o‘rin olgan. Shunday ekan, o‘zbek futboli jamoatchiligining nigohi endi “Istiqlol”dagi olishuvga qaratilishi tayin.

Tecno

Birinchi davradagi o‘yin ham “Istiqlol” stadionida o‘tkazilgani yodingizda bo‘lsa kerak. O‘shanda “Neftchi” o‘z uyida mehmon sifatida o‘ynab 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Andijondagi “Bobur Arena” stadionining maydon chimi o‘sha paytda yangilayotgani sababli jamoa o‘zining uy uchrashuvlarini vaqtincha “Istiqlol” stadionida o‘tkazib turgandi. Bu safar esa “Neftchi” o‘z uyining egasi sifatida o‘ynaydi.

and met_4

“Neftchi” klubi Superligada hozirgacha kuragi erga tegmagan yagona jamoa bo‘lib turganini yaxshi bilasiz. Ya’ni, hali chempionatda hech qaysi klubni Vitaliy Levchenko boshqaruvidagi jamoani mag‘lub etishga kuchi etmayapti. Derbi bu derbi bo‘lgani uchun unda har narsa ro‘y berishi mumkin.

“Neftchi” – “Andijon” uchrashuvi oldidan statistik ma’lumotlarni taqdim etadigan bo‘lsak, shu paytgacha klublar chempionatimiz doirasida 48 marotaba kuch sinashishgan. Farg‘onaliklar o‘zaro o‘yinlarning 38 tasida g‘alaba qozongan. “Andijon”da esa 10 ta g‘alaba bor va yana 5 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 95\43 “Neftchi” foydasiga.

neftchi yangi1_5

Ha, o‘zaro uchrashuvlardagi ustunlik farg‘onaliklar tomonida, biroq oxirgi paytlarda “Andijon”ning Farg‘onadagi o‘yinlari muvaffaqiyatli chiqayotgani bu fakt. Bunga qadar ushbu klublar 2020 yilgi chempionatda Farg‘onada to‘qnashishgan. O‘shanda “Andijon” Superligada qolish uchun, “Neftchi” bo‘lsa pro liga vakili sifatida Superligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun pley-off bahsida kuch sinashishgan. O‘shanda andijonliklar 1:3 hisobida g‘alaba qozongan. Umuman olganda, “Andijon” Farg‘onadagi oxirgi uchta uchrashuvida “Neftchi”ni mag‘lubiyatga uchratib kelayotgani e’tiborga molik. Bu 2020, 2016 va 2015 yillarda yuz bergan.

Jamoalarning navbatdagi bahsi qanday natija bilan yakun topishi barcha uchun qiziq. Rosti, bo‘lajak bellashuvda gollar shousini ko‘rishimiz qiyin bo‘lsa kerak. Sababi, jamoalar avvalo himoya mustahkamligini birinchi o‘ringa qo‘yadilar. Balki uchrashuv taqdirini birgina gol hal qilishi mumkin. Nima bo‘lganda ham bo‘lajak bahs tomoshabop tarzda o‘tishi shubhasiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
31/08/2023 10:13
Нефтчи х,ар у'йинда ким бизни маглуб этар экан дея х ,аяжон билан майдонга тушади балким АНДИЖОН БУ КУН УЛАРНИНГ БОШК,А Х,АЯЖОЛАНМАСЛИКЛАРИГА КУ'МАК БЕРАР ЕТАР ЭНДИ МАГЛУБИЯТСИЗ ЮРИШИНГ НЕФТЧИ . ИНШААЛЛОХ, БУГУН АНДИЖОН ГАЛАБА К,ОЗАНАЖАК
&
Neftchi
31/08/2023 12:30
Andijon fanatlariga hurmat saqlagan holda birinchi davradagi hisob takrorlanadi degan umiddaman olg'a buyuk chinorlar