"Andijon" "Mavsum-2023" uchun tayyorgarlikni boshladi. Tarkibda yangilar bor

  • 15 dekabr, 2022, 20:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasi “Mavsum-2023” uchun tayyorgarlik bosqichini 15 dekabrdan boshladi. Yangi bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov boshchiligida jamoamiz a’zolari o‘z qarorgohida mashg‘ulotlarga kirishishdi.

Ilk yig‘inda joriy chempionatda to‘p surgan futbolchilar, ijarada harakat qilgan o‘yinchilar va U-19 birinchiligida musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallagan “Andijon” U-19 tarkibidan bir qator iqtidorli yoshlar mashg‘ulotlarga jalb etilishgan.

Bulardan tashqari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ikki nafar yangi futbolchilar ham ko‘rinish berdi. Jumladan, Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi sharafini himoya qilgan aka-uka Samandar va Muhammad Ochilov jamoamiz mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqdalar. Ushbu himoyachilar ham murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirish uchun yig‘inlarda astoydil harakat qilishni boshlab yuborishdi.  

Jamoamizning dastlabki tayyorgarlik rejasi 15-28 dekabr kunlarini o‘z ichiga oladi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inimizning yakunida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Andijon” matbuot xizmati.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!