
"Andijon" murabbiyi: Bosh murabbiy masalasini tez orada ijobiy hal qilamiz, deb o‘ylayman
«O‘yin haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, «So‘g‘diyona»ning so‘nggi ikki uchrashuvini ko‘rdik. Ular Superliga etakchi jamoalarini mag‘lub etishga erishdi. Bugun o‘z uylarida jamoamizga katta qiyinchilik tug‘dirishini bilib, maydonga tushgan edik. Asosan, raqibimizni qarshi hujumda ushlashga harakat qildik. Menimcha, durang adolatli natija bo‘ldi. Ikki xil taym o‘tkazdik.
Viktor Kumikovning rasman murabbiy sifatida e’lon qilinmayotgani haqida men hech narsa deya olmayman. Tez orada bu masalani klubimiz rahbariyati ijobiy hal qilishiga umid qilamiz».
Fikrlar