
"Andijon" nazorat o‘yinida durang o‘ynadi
“Andijon” klubi 15 dekabr kuni o‘z qarorgohida dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlagandi va 26 dekabrda nihoyasiga etdi.
Aynan bugun Aleksandr Xomyakov jamoasi “Navbahor-farm” jamoasiga qarshi ilk nazorat o‘yinini o‘tkazdi.
“Andijon” klubi qarorgohidagi maydonda bo‘lib o‘tgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Avvaliga zaxiradan maydonga tushgan Abdulaziz Yusupjonov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin oxirlarida mehmonlar muvozanatni tikladi.
“Andijon” tarkibi: Eldor Adhamov, Samandar Ochilov, Islom Mamatkazin, Muhammad Ochilov, Ilhom Alijonov, Muhammadkarim Toirov, Ahror Inoyatov, Azamat Isroilov, Mirjalol Mirzaev, Suhrob Berdiev, Izzat Abdulxakov.
“Navbahor-farm” tarkibi: Mirjalol Mamatxonov, Mirjalol Abdumutalov, Omad Toshtemirov, Iskandar Siddiqjonov, Hojiakbar Yunusov, Hojiakbar Nurmatov, Azizbek Xursanboev, Asilbek Orifjonov, Xusayn Ergashboev, Komil Tojiddinov, Javohir Xusanov.
O‘yin davomida ikkala jamoa tarkibida o‘zgarishlar kuzatildi. Gollarni ham aynan zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar kiritishdi.
Shu bilan “Andijon” jamoasi qisqa ta’tilga chiqdi.
Fikrlar