
"Andijon" nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Raqib birinchi liga jamoasi!
Xabaringiz bor, "Andijon" klubi ikkinchi davraga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiryapti. Murabbiylar mashg‘ulotlar bilan birga nazorat uchrashuvlariga ham e’tibor qaratmoqdalar. Kecha mana shunday o‘yin tashkil etildi.
Andijonliklar bu safar birinchi liga qatnashchisi - Buxoroning “G‘ijduvon” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda hisobda ortda borayotgan andijonliklar yakunda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
“Andijon” jamoasidan gollarga Abdug‘ani Kamolov, Izzatillo Abdulxaqov va Diyor Rahimqulov mualliflik qilishdi.
Fikrlar