
"Andijon" Otabek G‘ulomxo‘jaev bilan shartnomani uzaytirdi
Jamoani qiyin vaziyatda qabul qilib olgan bosh murabbiy Otabek G‘ulomxo‘jaev o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajargan holda “Andijon”ni Superligada saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada klub rahbariyati u bilan shartnomani uzaytirdi. Bu borada klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda shunday deyiladi:
“Internet nashrlari orqali tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Otabek G‘ulomxo‘jaev keyingi mavsumda ham jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.
“Andijon”ni Superligada olib qolishga erishgan murabbiy bilan klub rahbariyati shartnomani uzaytirishga qaror qildi.
Rahbariyat va murabbiylar shtabi kelasi mavsum uchun rejalarni tuzishni boshlab yubordi. Ishonamizki, “Andijon” G‘ulomxo‘jaev boshchiligida yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanadi, - deyiladi klub matubot xizmati xabarida.
Fikrlar