
"Andijon" O‘zbekiston yoshlar termasiga imkoniyatni boy berdi
“Andijon” jamoasi Toshkentdagi yig‘ini davomida bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Mazkur bellashuvda Shohruh Abdurahmonov tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qilgan holda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi.
“Andijon” ustozi tarkibni saralashda davom etyapti. Ayniqsa, legionerlarni diqqat bilan o‘rganyapti. Yaqinda qo‘shilgan kamerunlik o‘yinchilarga javob berib yuborilgandi, hozirda esa xorijlik yana yangi futbolchilar jamoa yig‘inida ishtirok etishyapti. Tez orada ularning taqdiriga ham oydinlik kiritiladi.
“Andijon”: Jasur Umrzoqov, Usmonali Ismonaliev, Kamron Najafaliev, Oyatillo Safarov, Sunnat Hamidjonov, Muhammadkarim Toirov, Edgar Bernxardt, Sergey Trofan, Farxod Sohibjonov, Viktor Karpuxin, Vasiliy Pavlov.
Zaxirada: Nizomiddin Ziyovuddinov, Javohir Qilichev, Ibrohim Otaxonov, Mirkomil Lokaev, Baxtiyor Qosimov, Muhammad Isaev, Abdulxay Ismoilov, Davron Farhodov.
O‘zbekiston U-22: Umid Ergashev, Abdug‘ani Kamolov, Jasur Yoqubov, Marlen Chobanov, Abdulaziz Abdurashidov, Anvar Jo‘raev, Xumoyun Iminov, Daniel Nasriddinov, Shoxmalik Komilov, Asad Sobirjonov, Shoxruh Abdurahmonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mashhur Muhammadjonov, Azizxon Isakov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Jasur Jumaev, Shaxzod Azmiddinov, Nodir Quybokov, Suhrob Izzatov, Kamron Saidazimov, Bobur Asqarov, Jasur Jaloliddinov, Bek Abdullaev, Mahmud Qudratullaev.
Fikrlar