
"Andijon" safida "Nasaf" va "Sho‘rtan"dan futbolchilar ko‘rikdan o‘tishmoqda
Ikkinchi davraga tayyorgarlikni Andijonda davom ettirayotgan "Andijon" klubi tarkibiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shilishmoqda.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra Qarshining "Nasaf" yarim himoyachisi Xudoyor Saydullaev va "Sho‘rtan" yarim himoyachi Qahramon Baxodirovlar ayni damda "burgutlar" safida ko‘rikdan o‘tishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi jamoa birinchi davradan so‘ng Superliga musobaqa jadvalining 9 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar