
"Andijon-SGS" Mali jamoasiga qarshi penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, turnirdagi yurishini to‘xtatdi
Pro liga ishtirokchisi "Andijon-SGS" "MIC Football" xalqaro turnirining 1/8 finalida bugun Malining "Etoiles Bu Mande" jamoasi bilan bahs olib bordi.
Asosiy vaqtlarda g‘olib nomi aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Birinchi zarbadan unumli foydalana olmay boshlagan vakillarimiz 4:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Shohruh Ishanov shogirdlari turnirdagi yurishini to‘xtatdi.
Fikrlar