Andijon shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionati start oldi

  • 10.12.2019 14:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

10-17 dekabr kunlari Andijon shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati tashkil etiladi.

2002-2003 yillarda tavallud topgan bokschilar o‘rtasidagi bahslarda yurtimizning turli hududlaridan 200 nafardan ziyod yosh bokschilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Bugun musobaqaning mandat komissiyasi va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. 11 dekabrda esa musobaqaning ochilish marosimi  va dastlabki saralash bahslari tashkil etiladi.

Final bellashuvlari esa 17 dekabrga mo‘ljallangan.

 

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!