
Andijon shahrida MMA bo‘yicha saralash turniri o‘tkaziladi
Yaqindagina Andijon shahrida professional MMA kechasi o‘tkazilgan edi. Endi, navbat viloyat chempionatiga keldi. Ya’ni, 13-14 fevral kunlari havaskorlar o‘rtasida Andijon viloyati saralash chempionati bo‘lib o‘tadi. Turnir 16-17 yosh va 18 yoshdan yuqori toifalarda o‘tkaziladi.
O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Andijon viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari Nozimjon To‘ychievning saytimizga ma’lum qilishicha, 12 fevral kuni vazn o‘lchash marosimi o‘tkaziladi. 13 fevral kuni 16-17 yoshlilar o‘rtasidagi janglar bo‘lib o‘tsa, 14 fevra kuni 18 yoshdan yuqori bo‘lgan jangchilar g‘oliblik uchun bahs yuritadilar.
Fikrlar