
"Andijon" to‘purar hujumchisini saqlab qoldi
Hozirda Antaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan "Andijon" klubi bugun muxlislarini xursand qiladigan xabarni e’lon qildi.
Klub matbuot xizmatining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli hujumchi Rustam Turdimurodov yangi mavsumni ham "Andijon" tarkibida o‘tkazadi.
O‘tgan yili "Paxtakor"dan ijaraga olingan futbolchi joriy mavsum uchun ham yana ijaraga olindi va yangi shartnoma imzolanganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘tgan yili Turdimurodov "Burgutlar" tarkibidagi debyut mavsumida 24 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani bajardi.
Fikrlar