Andijon viloyat hokimi "Nasaf"ga qarshi o‘yindan oldin "Andijon" klubi a’zolari bilan uchrashdi

  • 17 aprel, 2019, 21:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ertaga Superliganing 5-turi doirasida “Andijon” o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qiladi. E’tiborlisi, “burgutlar” ushbu uchrashuvni qayta rekonstruktsiyadan chiqarilgan “Sog‘lom avlod” stadionida o‘tkazishadi.

Bugun Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ertaga bo‘lib o‘tadigan ochilish uchrashuvidan oldin “Andijon” futbolchilari bilan uchrashdi. Viloyat rahbari futbolchilarga omad tiladi va ertangi o‘yinda faqat g‘alaba qozonish lozimligini aytdi.

and_2

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Nasaf” bahsi ertaga soat 17:00da boshlanadi. Uchrashuvga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham tashrif buyuradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!