
"Andijon"da yangi bosh murabbiyga kimlar yordam beradi?
Xabaringiz bor, kecha “Andijon” klubiga Otabek G‘ulomxo‘jaev bosh murabbiy etib tayinlandi. O‘z navbatida yangi mutaxassis jamoaga o‘zining yordamchilari bilan keladigan bo‘ldi.
Jumladan, ilgari O‘zbekiston U-19 terma jamoasida G‘ulomxo‘jaevga yaqindan yordam bergan Doniyor Usmonov hamda hozirgi paytda U-19 terma jamoasida Timur Kapadzega ko‘maklashib kelayotgan Sergey Chigodaev “Andijon”ning murabbiylar shtabidan o‘rin oladi.
O‘z vaqtida, Doniyor Usmonov futbolchilik faoliyati davomida “Andijon” tarkibida ham to‘p surganini eslatib o‘tish joiz.
Tez orada Otabek G‘ulomxo‘jaev bilan uyushtirilgan suhbatni sports.uz saytida o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar