
"Andijon"ga "Paxtakor"ni mag‘lub etish uchun birgina gol etarli bo‘ldi yoxud "Burgutlar"ning yozgi yig‘ini tugadi
“Andijon” Toshkentdagi yozgi yig‘inini “Paxtakor” markaziy stadionida mezbonlarga qarshi o‘yin bilan yakunladi. Bu “Burgutlar”ning poytaxtdagi oxirgi nazorat uchrashuvi edi. Ikkala jamoa ustozlari – Maksim Shatskix ham, Aleksandr Xomyakov ham o‘yinni jangovar tarkib bilan boshladilar.
Aytish kerakki, bu o‘rtoqlik bellashuvi bo‘lishiga qaramay ancha qiziqarli va hujumkor ruhda o‘tdi. Ayniqsa, golli imkoniyatlarni yaratishda “Andijon” bir muncha faolroq bo‘ldi. O‘yin boshlarida Farhod Bekmuratovda standart vaziyatdan keyin imkoniyat bo‘ldi. Keyin esa “Andijon” darvozaboni Eldor Adhamov seyvini namoyish qildi.
O‘yindagi yagona gol tanaffusdan keyin kiritildi. “Andijon”ning xavfli hujumlaridan birini tajribali yarim himoyachi Farhod Bekmuratov jarima maydoni tashqarisidan o‘zining aniq va kuchli zarbasi bilan golga aylantirishning uddasidan chiqdi. Keyingi daqiqalardagi hujumlarda ham yana “Burgutlar”da vaziyatlar bo‘ldi. Jumladan, Shaxrom Samievda ikkita qulay imkoniyat bor edi. Ulardan birida yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.
Uchrashuvda 0:1 hisobi saqlanib qoldi va “Andijon” nazorat o‘yinida amaldagi chempion “Paxtakor”ni mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, jamoaning Toshkentdagi yig‘ini o‘z nihoyasiga etdi.
U erda hammasi bo‘lib 3 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi.
“Andijon” – “Aral” – 5:0
“Andijon” – “Qizilqum” – 2:2
“Paxtakor” – “Andijon” – 0:1
Ko‘rib turganingizdek, ushbu uchrashuvlarda “Andijon” raqiblar darvozasiga 8 ta gol urdi va 2 ta o‘tkazib yubordi. Kiritilgan 8 ta goldan 2 tasi Farhod Bekmuratovga tegishli bo‘ldi. Ya’ni, u ikkita uchrashuvda o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi. Shuningdek, Saidmurod Karimov, Abinur Nurimbet, Luka Zgurskiy, Bektemir Abdumannonov, Vagiz Galiulin va Rustam Turdimurodov ham gol mualiflariga aylandilar.
“Andijon” futbolchilariga qisqa muddatli dam berildi. Endi 28 iyuldan o‘z qarorgohida ikkinchi davraning ilk turidagi o‘yin – OKMKga qarshi bahs uchun tayyorgarlikni olib boradilar.
“Paxtakor” – “Andijon” – 0:1 (0:0).
24 iyul. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni.
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Qanot hakamlari: Ruslan Seraztedinov, Amir Galeev.
“Paxtakor”: Nikita Shevchenko, Xojiakbar Alijonov, Shaxzod Azmiddinov, Abddulla Abdullaev, Muhammadrasul Abdumajidov, Sardor Sobirxo‘jaev, Kimmix Merk, Doston Hamdamov, Doniyor Abdumannopov, Ulug‘bek Hoshimov, Umar Adhamzoda.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Otabek Boymurodov, Pavel Pavlyuchenko, Dilshod Saitov, Oybek Ortiqboev, Anvarov, Bexruz O‘ktamov, Muhammadov, Muhammadali Usmonov, Otabek Jo‘raqo‘ziev, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.
“Andijon”: Eldor Adxamov, Ildar Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Ilhom Alijonov, Abdurahmon Komilov, Farhod Bekmuratov, Muhammadkarim Toirov, Ilhom Abdug‘aniev, Vagiz Galiulin, Farhod Sohibjonov, Shaxrom Samiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Igor Litovka, Sardor Azimov, Islom Mamatkazin, Abdulvohid G‘ulomov, Abinur Nurimbet, Levan Arveladze, Luka Zgurskiy, Shoxjahon Yorqinboev.
Gol: Farhod Bekmuratov.
Fikrlar