"Andijon"ga yana ikki nafar legioner qo‘shiladi

  • 30.01.2021 01:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Andijon” tarkibiga legionerlarni jalb qilishda davom etmoqda. Avvalgi xabarlarimizda, jamoaga uch nafar kamerunlik futbolchi tashrif buyurishini aytib o‘tgan edik. Ma’lum bo‘lishicha, klubga yana ikki nafar xorijlik o‘yinchilar qo‘shiladi, bu xususida “Andijon” klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Legionerlardan biri Kot-d'Ivuar fuqarosi Kouassi Kouadja bo‘lib, u 1995 yilning 22 iyunida tug‘ilgan.

kouadja

Markaziy himoyachi futbolchilik faoliyatini Ruminiyaning “Saksan” klubida boshlagan. Futbolchilik faoliyati davomida “Astra” (Ruminiya), “Slusk” (Belarus), “Aktobe” (Qozog‘iston), “Tambov” (Rossiya), “Keyptaun Siti” (JAR) singari jamoalarda to‘p surgan.

Futbolchi o‘tgan mavsumni “Aktobe” klubida o‘tkazdi. Kouassi Kouadja “Andijon”ga uchinchi yig‘in doirasida kelib qo‘shiladi.

Yana bir legioner esa belaruslik hujumchi Ivan Veras. U ham “Andijon”ning uchinchi yig‘ini doirasida kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

veras

Ivan 1997 yilning 22 aprelida tug‘ilgan. Futbolchi faoliyati davomida Belarusning “Belshina”, “Chist”, “Granit”, “Smolevichi” va “Krumkachi” jamoalarida to‘p surgan. Futbolchi o‘tgan mavsumda “Krumkachi” jamoasi sharafini himoya qilgan.

Shuni ham aytish joizki, Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan "Andijon" klubi bugun "So‘g‘diyona" jamoasiga qarshi nazorat bahsida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!