
"Andijon"ning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Chempionatni 9-o‘rinda yakunlagan va o‘z tarixida ilk bor mamlakat Kubogini yutgan "Andijon" klubi darhaqiqat ajoyib mavsumni o‘tkaza oldi.
Klub matbuot xizmati esa 2024 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Ikki bosqichdan iborat mazkur so‘rovnoma yakunida 22 yoshli iqtidor egasi Bektemir Abdumannonov hammadan eng ko‘p ovoz yig‘di va "Burgutlar"ning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Chindan ushbu yarim himoyachi "Andijon"dagi debyut mavsumida o‘yini bilan barchani o‘ziga qaratdi va muxlislarning mehrini qozondi.
Abdumannonov 2024 yilda "Andijon" safida barcha o‘yinda maydonga tushgan yagona o‘yinchi bo‘ldi. U hamma - 33 ta bellashuvda ishtirok etdi. 5 ta gol urib, 12 ta golli uzatmani bajardi. Bektemir nafaqat klubda, balki chempionatimizda ham eng yaxshi assistlardan biri bo‘ldi.
Fikrlar