"Andijon"ning Antaliyadagi bugungi mashg‘uloti bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi (foto)

  • 06.02.2023 17:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bugun erta tongda Turkiyaning qator shaharlarida kuchli zilzila bo‘lganligi dunyo hamjamiyatini larzaga solgani bor gap.

Barchangizga yaxshi ayonki, Turkiyaning Antaliya shahrida O‘zbekistondan kelgan 14 ta klub hamda terma jamoalar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borishmoqda. “Andijon” klubi bu borada Antaliyada vaziyat barqarorligi haqida birinchi bo‘lib rasmiy bayonot bilan chiqdi.

andijon antaliya4

Jamoaning bugungi mashg‘uloti esa Turkiyaning boshqa shaharlarida kuchli er silkinishi oqibatida vafot etganlarning xotirasini yod etish uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi va zilzila tufayli hayotdan ko‘z yumganlarning  haqqiga duo qilindi.

andijon antaliya5

Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov qo‘l ostidagi o‘yinchilarni har tomonlama puxta tayyorlash uchun turli xil taktik uslublarni qo‘llamoqda. Shuningdek, trenajyor zalida ham shug‘ullanishmoqda. Jamoaning yig‘ini reja asosida davom etyapti.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!