
"Andijon"ning ikkinchi tayyorgarlik bosqichi tugadi. Endi navbat Turkiyaga!
3 yanvar kuni Dukentdagi “Yangiobod” sport bazasida to‘plangan jamoamiz a’zolari u erda 21 yanvarga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi va shu tariqa ikkinchi tayyorgarlik bosqichi nihoyasiga etdi.
Qolaversa, 3 ta nazorat uchrashuvi tashkil qilingani xususida ham xabaringiz bo‘lsa kerak. Mazkur uchrashuvlarni yana bir bor eslab o‘tamiz:
8 yanvar.
“Andijon” – “Paxtakor” U-21 - 3:2
Gollar: Bobur Farhodov (dubl), Sardor Azimov – Diyor Ortiqboev, Nurlan Ibragimov.
18 yanvar.
“Andijon” – “So‘g‘diyona” – 1:0
Gol: Ibrohim G‘anixonov (penalti).
21 yanvar.
“Andijon” – “Dinamo” – 1:1
Gollar: Shoxruh Mahmudxojiev – Bahodir Abduvaliev.
Ko‘rib turganingizdek, jamoamiz 3 ta uchrashuvda 2 g‘alaba va 1 durang qayd etdi.
Ayni paytda futbolchilarga qisqa muddatli dam berildi. Jamoamizning navbatdagi yig‘ini endi Turkiyaning Antaliya shahrida davom etadi. Buning uchun 25 yanvar kuni Toshkentda to‘planishadi va 27 yanvar kuni safarga jo‘nab ketiladi.
Jamoamiz Antaliyada 17 fevralga qadar shug‘ullanadi va qator xalqaro o‘rtoqlik bellashuvlarida ishtirok etadi. Tez orada bo‘lajak raqiblarimiz haqida rasmiy sahifalarimiz orqali xabar beramiz.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar