
"Andijon"ning "Qizilqum"ga qarshi o‘yinlar statistikasi qanday?
Xabaringiz bor, “Andijon” jamoaci 22 may kuni Navoiyning “Qizilqum”ini qabul qiladi. Bilasiz, bu uchrashuv Superliganing 11-turi doirasida o‘tkaziladi.
Odatga ko‘ra, uchrashuv oldidan jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar statistikasini e’tiboringizga keltirib o‘tamiz. Shu kunga qadar ushbu klublar chempionat doirasida 36 marta to‘qnash kelishgan. Shularning 13 tasida “Andijon” g‘alaba qozongan. “Qizilqum”da esa o‘zaro uchrashuvlaring 17 tasida g‘alaba bor. 6 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan.
“Andijon” o‘tgan yili pro ligada ishtirok etgani bois “Qizilqum”ga qarshi oxirgi bor 2021 yilgi chempionatda kuch sinashgan. “Qizilqum” maydonidagi bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Ikkinchi davradagi uchrashuvda esa 1:1 hisobi qayd etilgan. "Andijon" mezbon sifatida so‘nggi bor “Qizilqum”ni 2019 yilgi mavsumda mag‘lub etgan bo‘lib, chempionatning oxirgi turida 1:0 hisobida “Burgutlar”ning qo‘li baland kelgan. Yagona gol hozirda “Neftchi” sharafini himoya qilayotgan Abdulloh Olimov hisobiga yozilgan.
To‘plar nisbati 47\56 navoiyliklar foydasiga.
“Andijon”ning "Qizilqum"ga qarshi mezbon sifatida o‘tkazgan oxirgi 5 ta o‘yindagi natijalari:
2021 yil. “Andijon” – “Qizilqum” – 1:1
2020 yil. “Andijon” – “Qizilqum” – 0:0
2019 yil. “Andijon” – “Qizilqum” – 1:0
2016 yil. “Andijon” – “Qizilqum” – 1:2
2015 yil. “Andijon” – “Qizilqum” – 3:2
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar