"Andijon"ning yangi legioneri: "Ishonchim komilki, bu qarorim muvaffaqiyatli bo‘ladi"

  • 01.01.2026 10:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bu yilgi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qiladigan yangi futbolchilardan biri, gruziyalik legioner Aleksandr Andronikashvilining faoliyatida shubhasiz yangi sahifa ochilmoqda.

Tez orada klub tarkibiga qo‘shiladigan ushbu o‘yinchi klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.

- “Andijon” klubiga o‘tishingiz qanday yuz bergani haqida to‘xtalib o‘tsangiz.

- Bilasizmi, hammasi juda tez va kutilmaganda sodir bo‘ldi.

- Adashmasam, siz “Dila” jamoasi bilan ikkita sovrin yutdingiz. Endi “Andijon” bilan ham birga sovrin yutishni xohlayotgandirsiz-a?

- Ha, 2025 yil bu borada muvaffaqiyatli bo‘ldi. Men “Andijon” bilan maksimal maqsadlar uchun kurashish borasida qo‘limdan keladigan hamma narsani qilaman.

- Faoliyatingizda ilk bor legioner sifatida chetda to‘p surasiz. Bungacha nega legionerga aylanmadingiz?

- Ilgari ham variantlar bor edi. Lekin men to‘g‘ri vaqtni va to‘g‘ri tanlov uchun jamoani kutayotgandim. Ishonchim komilki, bu qarorim muvaffaqiyatli bo‘ladi.

- O‘zbek futboli va xususan “Andijon” haqida nimalarni bilardingiz?

- O‘zbekistonida futbolni juda yaxshi ko‘rishlarini eshitdim. “Andijon”ga kelsak, ularning o‘zgacha muxlislari borligini bilaman.

- “Andijon” klubidan taklif haqida eshitganingizda ilk fikringiz qanday bo‘ldi?

- Menga ko‘p narsalar yoqdi. Avvalo, murabbiy, muxlislar, mashg‘ulot bazasi va stadion.

- Yangi jamoada qaysi raqamda o‘ynashni xohlaysiz?

- Bu unchalik muhim emas. Lekin 6-raqam yaxshi bo‘lardi. Chunki men bu raqam bilan muvaffaqiyatli mavsumlarni o‘tkazdim.

- Yana bir gruziyalik futbolchi - Ashortia ham “Andijon”da to‘p suradi. U bilan ham gaplashdingizmi?

- Ha, albatta. Men u bilan gaplashdim va O‘zbekistonda o‘ynash tajribasiga ega bo‘lgan gruzin jamoadoshimga ega bo‘lish juda yoqimli.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!