Andre Anelli: Biz tahdidlardan qo‘rqmaymiz

  • 1 iyul, 2021, 19:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli klubning Evropa Superligasi loyihasini tashkil etishdagi ishtiroki uchun UEFA tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sanktsiyalarga munosabat bildirdi.

Tecno

“Biz UEFAdan Chempionlar ligasining yangi mavsumida ishtirok etishni tasdiqlovchi xat oldik.

Biz muzokaralarga tayyormiz va so‘nggi oylarda bildirilgan tahdidlardan qo‘rqmaymiz. Ishonamizki, sud ishi oxir-oqibat ijobiy yakun topadi.

Men Cheferin bilan hamisha yaxshi munosabatda bo‘lganman va uni inson sifatida qadrlayman”, - dedi Anelli.

 Madrid sudi UEFAning Superliga asoschilariga nisbatan qo‘llagan barcha choralarini asossiz, deb topdi va tashkilotga ularni bekor qilish bo‘yicha qaror chiqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!