Andrey Fyodorov: Guruhimiz teng kuchli jamoalardan tashkil topgan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda "temiryo‘lchilar" ustozi Andrey Fyodorov bo‘lajak bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bizning guruhimiz teng kuchli jamoalardan tashkil topgan va ortda qolgan 3 turdan so‘ng barcha jamoada guruhdan chiqish imkoniyati mavjud. To‘g‘ri, raqib kuchli, ammo barchasi o‘z qo‘limizda. 

O‘tgan bahsda Fahad Al Muvallad zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirgan edi. Umuman olganda butun jamoa kuchli futbolchilardan tashkil topgan deya olaman. 

Tarkibimizdagi barcha futbolchilar sog‘-salomat va ertangi uchrashuvga tayyor. Mehmondagi bellashuvda raqib bizning xatolarimizdan unumli foydalangan edi. Biz esa aksincha. Hisob 1:0 bo‘lib turgan vaqtda ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurgan edik", - deb Fyodorovning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzod Xolboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!