
Andrey Miklyaev "Bunyodkor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Superliga 12-turi doirasida "Surxon" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. Bu haqda "Surxon" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
- Men bugun eng yaqin taqibchimiz va o‘ziga yarasha kuchga ega bo‘lgan “Bunyodkor” jamoasini mag‘lub etganimizdan juda hursandman. Har ikkala jamoaga ham g‘alaba zarur edi. Chunki, har ikkala jamoa ham 18 ochkodan to‘plagan edi. Boz ustiga “Lokomotiv”ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng yigitlar biroz tushkun kayfiyatda edi. O‘zlarini o‘nglab olib, bugungi uchrashuvda bor kuchlari bilan xarakat qilganliklari uchun yigitlarga rahmat aytaman deydi, – “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Mikyalev.
Fikrlar