Andrey Miklyaev: Futbolchilarim qo‘llaridan kelganini qilishdi

  • 10 mart, 2018, 00:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Juma oqshomida O‘zbekiston Superligasida 2-tur o‘yinlari davom ettirildi. Amaldagi chempion - Toshkentning "Lokomotiv" klubi o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qildi.

Tecno

Mazkur o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvdan so‘ng "temiryo‘lchilar" ustozi Andrey Miklyaev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati  xabar bermoqda.

"Uchrashuv yakkakurashlarga boy tarzda kechdi. Ikki jamoa ham teng o‘yin ko‘rsatdi, deya olaman. O‘yinni yomon boshlamagan edik. Gol urishni ham uddaladik. Biroq hisobni ushlab qola olmadik va yakunda gol o‘tkazib yubordik. Agar yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalana olganimizda bugun g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Yigitlarga e’tiroz yo‘q, bugun maydonga chiqqanlar qo‘ldan kelgancha o‘yin namoyish etishdi. Lekin natija biroz qoniqarsiz bo‘ldi", - dedi tajribali mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!