
Andrey Miklyaev: Futbolchilarimga xohish etishmadi
“Lokomotiv” – “Surxon” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- “Lokomotiv” jamoasini qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Ular haqli tarzda g‘alaba qozonishdi. Ayni paytda raqib bizdan ko‘ra kuchli ekanini ko‘rsatdi. Bugun negadir bizga ruhiyat umuman etishmadi. Muammo balkim klubdadir. Bugun o‘yinchilar o‘zlari uncha istamagandek harakat qilishdi. Ularda istak va xohish etishmadi. To‘pni bir-birlariga uzatishga urinishdi. Lekin o‘z o‘yinlarini namoyish etgilari kelmadi, - dedi mutaxassis.
Manbaa: PFL
Fikrlar