Andrey Shipilov "Andijon"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 11 avgust, 2019, 22:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ikkinchi davraning dastlabki ikki turini omadli yakunlagandik. AGMK va "Nasaf" jamoalarini mag‘lub etgandik. "Nasaf" bilan o‘yin yakuniga etganidan keyin yigitlarga hotirjamlikka berilmasdan, keyingi o‘yinga tiklanishimiz kerakligini aytgandim. 33-daqiqagacha yomon o‘ynamadik. Ajoyib imkoniyat bo‘lgandi, lekin undan foydalana olmadik.

Tecno

"Andijon" jamoasi va uning bosh murabbiyini yaxshi bilganim uchun yigitlardan ehtiyot bo‘lish kerakligini talab qilgandim. Bilmadim, shogirdlarimni xayolidan nimalar o‘tdi, keraksiz paytda gol o‘tkazib yubordik. Ularni hujum chizig‘i kuchli ekanligini, Ro‘zim Ahmedovdan hayiqqandik. Bir kishi kam bo‘lib qolganimizdan keyin o‘yinimiz ochildi. Bir qator vaziyatlarni sodir etdik. "Andijon" taktik jihatdan kuchli o‘yin namoyish etdi va haqli g‘alabaga erishdi", - deb Shipilovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!