
Anelka: Kavanining xotini ko‘p bo‘lsa ham, qanday o‘ynashni va gol urishni yaxshi biladi
PSJ klubi sobiq forvardi Nikolya Anelka parijliklar rahbariyatiga 30 iyun kuni shartnomasi tugaydigan Edinson Kavanini tarkibda olib qolishni maslahat berdi.
“Agar PSJ Kavanining ketishiga yo‘l qo‘yib bersa, bu juda katta xato bo‘ladi. U kabi markaziy hujumchi qidirishga yana ko‘p vaqt ketadi. Ha, uning xotini ko‘p, lekin u qanday o‘ynashni va gol urishni biladi. Uning jamoaga yana foydasi tegadi.
PSJda raqobat bo‘lishi kerak. Kavani esa raqobat ko‘rsata oladigan super hujumchi hisoblanadi. U PSJga qarshi o‘ynaganida va gol urganida, ular juda afsuslanishadi”, - deydi frantsiyalik sobiq futbolchi.
Kavaniga esa «Atletiko», «Nyukasl» va «Palmeyras» klublaridan qiziqishlar bo‘lmoqda.
Fikrlar