Angliya, Husanovni yaxshilab tanib ol! Abduqodirning uchta “laqabi”ni aytishdi...

  • 11 fevral, 07:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganidan beri turli muhokamalar markaziga tushib qoldi.

Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda futbolchimiz haqida juda ko‘p ma’lumotlar tarqatilmoqda. Birinchi  navbatda, bunga 20 yoshli legionerimizning jami 50 million evro evaziga juda mashhur klubga o‘tgani sabab bo‘ldi.

Qolaversa, yosh futbolchi Angliyaga ko‘chib o‘tganining beshinchi kuni dunyoning eng murakkab va shiddatli ligasida debyut qildi. Shuningdek, Angliya kubogi doirasida “Siti”dagi ikkinchi uchrashuvidayoq, zaxiradan maydonga tushib, gol urdi va Xosep Gvardiolani sharmandali  mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Umuman olganda, “Chelsi” qarshi o‘yinda golga sababchi bo‘lgan Abduqodir Husanov keyingi imkoniyatdayoq “Manchester Siti”ning ashaddiy muxlislari mehrini qozondi, murabbiylar ishonchini oqladi.

Angliya matbuotida Abduqodir Husanov haqida ma’lumotlar ko‘payib bormoqda. Bu bir tomondan hamyurtimizni ingliz auditoriyasiga yanada kengroq tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sports.uz portali legionerimiz haqidagi ana shunday maqolalarda keltirilayotgan qiziqarli ma’lumotoarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- Abduqodir Husanov “Lans”ga kelganida uni hech kim tanimas edi. Detbyut mavsumida ko‘p o‘ynagani yo‘q. Lekin keyingisida imkoniyat berilishi bilan aqlbovar qilmas narsalarni amalga oshira boshladi.

Husanov raqibga bosim o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Hech qachon bo‘shashmaydi, yakkakurashlarda yutqazishni hazm qila olmaydi. Jismonan baquvvat o‘yinchi, - deb ta’rif berdi  Get French Football News nashri bosh muharriri Lyuk Entvinstl.

Sport olamida mashhur yulduzlarga ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, laqab qo‘yish odati bor. Abduqodir Husanov ham bundan “quruq” qolgani yo‘q.

Britaniyalik jurnalist Aleks Brozerton ayni paytda Husanovning uchta laqabi borligini aniqladi. Bular “Monstr”, “Tank” va “Poezd”.

Xo‘sh, bu o‘xshatishlarni kim o‘ylab topgan.

Abduqodirni birinchi bor “Monstr”, deb “Lans” va Frantsiya terma jamoasi darvozaboni Bris Samba atagan edi.

- Husanov – “monstr”, uning “Nitstsa”ga qarshi qanday o‘ynaganini ko‘rdingizmi?... Men undan qo‘rqib qoldim. Uning bu yoshda bunaqa o‘ynashi odamni hayratga soladi. Bunaqa o‘yini bilan biz uni uzoq vaqt ushlab qololmasak kerak, - degan edi tajribali darvozabon Bris Samba.

“Lans”ning bosh murabbiyi Uill Still hamyurtimizning jismoniy baquvvatligi, kurashuvchanligi va to‘qnashuvlardan hayiqmasligini izohlash uchun esa, uni “Tank”, deb atay boshlagandi.

Aleks Brozerton nihoyat, Husanovga “Poezd” degan laqab o‘zbekistonlik muxlislar tomonidan berilganini yozadi. Darhaqiqat, terma jamoamizdagi o‘yinlari davomida ishqibozlar “Raqibga Husanov urildi nima-yu, Afrosiyob poezdi tegdi nima?”, deb hazillashishadi.

Darvoqe, Husanov o‘zi o‘ynagan deyarli barcha uchrashuvlarda legionerimiz raqib hujumchilariga katta tezlikda etib olib, elkama-elka kurashda ularni bir turtib uchirib yuborishi odat tusiga aylangan.

Buni evropalik ekspertlar ham e’tirof eta boshladi.

- Abduqodir Husanov jismonan baquvvat, kuchli va shiddatli harakatlari, havoda kurashish mahorati va tajavuzkor usuli bilan ajralib turadigan o‘yinchi.

O‘zbek futbolchisi to‘pga o‘ziga ishongan holda egalik qiladi, lekin uning eng kuchli tomoni juda katta tezligi, tezkor hujumchilarga etib olib, ulardan to‘pni tortib olishi va jamoasi hujumini boshlab berishidir, - degan xulosani berdi   Football Manager markazining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Tomas Bullok.

Abduqodir Husanovning faoliyatini kuzatib borayotganlar uning hali yoshligini inobatga olib, Xosep Gvardioladek tajribali mutaxassis o‘zbek futbolchisining yangidan yangi qirralarini kashf etishiga umid bildirmoqda.

Demak, biz ham Abduqodir Husanovning o‘yinlarini sinchkovlik bilan kuzatib borishda davom etamiz. Chunki ko‘z o‘ngimizda yangi tarix yaratadigan futbolchi shakllanmoqda...

Husanov armon bo‘lib qolgan ekan...

Sensatsiya: Husanovning ustozi “Real”ning eng zo‘r o‘yinchisini oladigan bo‘ldi
Jahon chempioni Husanovga qanday baho berdi?

Legionerimiz jamoasini Evrokuboklarga olib chiqmoqchi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Давлат
11/02/2025 16:46
Лакаб куйилмасдан Хусанов деб куйила колсин. Чиройли. Узбеклигини билиб турамиз.