Angliya 10-urinishda uddaladi!

  • 13 iyun, 2021, 20:56
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Evro-2020" dastlabki turidan o‘rin olgan Angliya - Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Bu natija orqali "uch sherlar" Evropa chempionatlari tarixida ilk bor 1-turda g‘alaba qozondi. Bungacha o‘tgan 9 turnir startida jamoa 5 bor durang o‘ynab, 4 marta imkoniyatni boy bergan.

Garet Sautgeyt boshchiligidagi inglizlar qolgan ikki uchrashuvni Chexiya hamda Shotlanliya terma jamoalariga qarshi o‘tkazadi. Ular 7 o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. So‘nggi bor Belgiya Millatlar Ligasi doirasida "uch sherlar" ustidan g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, inglizlar hali qit’a birinchiligida bosh sovringa ega chiqmagan. Bu safar ularning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!