Angliya 153 yil davomida bunaqa sharmanda bo‘lmagan!

  • 11 iyun, 13:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi Nottingemdagi stadionda Senegal futbolchilari bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

O‘yin mezbonlar uchun omadli boshlanib, Harri Keyn ettinchi daqiqadayoq hisobni ochgandi. Biroq Ismoil Sarr, Habib Diarra va Cheyx Sabalining gollari angliyaliklarni sharmanda qildi.

Statistikalarga ixtisoslashgan  Opta portalining ma’lum qilishicha, Angliya milliy terma jamoasi 153 yillik tarixi davomida shu paytga qadar hali biror marotaba Afrika mamlakatlari vakillariga yutqazmagan ekan.

Aniq faktlarni keltiradigan bo‘lsak, zamonaviy futbol vatani vakillari afrikaliklar terma jamoalari bilan jami 21 bor to‘qnash kelib, 15 ta g‘alaba va oltita durang qayd etgan.

Mashhur murabbiy Tomas Tuxel angliyalik muxlislar ko‘z oldida ro‘y bergan alamli mag‘lubiyatdan keyin tanqidlar ostida qolib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!