Angliya futboli tarixida bunaqasi bo‘lmagan edi

  • 27.01.2021 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya premer-ligasining 20-turida “Manchester Siti” safar uchrashuvida “Vest Bromvich” jamoasi darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi. Ketma-ket ettinchi g‘alabadan so‘ng, Xosep Gvardiola shogirdlari musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shu tariqa, APLda hech qachon kuzatilmagan vaziyat yuzaga keldi. Ya’ni, bir mavsum davomida musobaqa jadvalini boshqargan jamoalar soni to‘qqiztaga etdi. Bunaqasi avval bo‘lmagan.

Joriy mavsumda Angliya premer-ligasi musobaqa jadvalida “Arsenal”, “Everton”, “Lester”, “Liverpul”, “Sautgempton”,  “Tottenxem Xotspur”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” jamoalari peshqadamlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!