Angliya futbolida 10 oʻyindan iborat diskvalifikatsiya joriy etiladi

  • 31.07.2026 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumdan boshlab Angliyada kamsitish bilan bog‘liq qoidalarni buzganlar uchun kamida 10 o‘yinga diskvalifikatsiya joriy etiladi. Bu haqida BBC xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Angliya Futbol assotsiatsiyasi mavsum boshlanishidan oldin futbolchilar, murabbiylar va uchrashuvning boshqa ishtirokchilari uchun jazo choralarini keskin kuchaytirdi. Gap shunga o‘xshash «og‘irlashtiruvchi qoidalar buzilishi» haqida bormoqda – ya’ni qonunbuzarlikda quyidagi belgilardan biri yoki bir nechtasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ishora bo‘lsa: etnik kelib chiqish, teri rangi, irq, millat, din yoki e’tiqod, jins, jinsiy yo‘nalish yoki nogironlik.

- Bu jirkanch xulq-atvorga qarshi kurashish uchun kuchaytirilgan choralar zarur. Shu bois yangilangan intizomiy tavsiyalarda bunday holatlarda regulyativ komissiyalar kamida 10 o‘yinga standart diskvalifikatsiya qo‘llashi shartligi belgilab qo‘yildi.

Agar komissiya jiddiy og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud, deb hisoblasa, standart 10 o‘yinlik diskvalifikatsiyadan ham qattiqroq jazo tayinlashi mumkin, – deyiladi FA bayonotida.

Shu bilan birga, agar yengillashtiruvchi omillar aniqlansa, diskvalifikatsiya muddati qisqartirilishi mumkin. Biroq u baribir kamida olti o‘yindan kam bo‘lmasligi kerak. Qoidani qaytadan buzish esa avvalgidan ham qattiqroq jazo bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!