
Angliya grandi “Barsa”ning qimmat yulduzini arzon narxga olib ketmoqchi
Joriy mavsum Angliya Premer-ligasi g‘olibligiga asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan “Liverpul” yozda tarkibini “Barselona” yulduzi bilan kuchaytirmoqchi.
Caught Offside nashrining yozishicha, liverpulliklar Frenki de Yongni olish uchun xarajat qilishga tayyor. Ular niderlandiyalik pleymeykerni arzonlashtirilgan narx, ya’ni 35 million evroga olishga tayyor.
27 yoshli Frenki nafaqat “Barselona”da, balki La Ligada eng katta maosh oladigan o‘yinchilardan hisoblanadi. Biroq uning o‘yini olayotgan puliga mutanosib emas. Shu bois, kataloniyaliklar 2026 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchidan imkon qadar tezroq qutilmoqchi.
“Barselona” 2019 yili Franki de Yong uchun “Ayaks”ga 86 million evro to‘lagan. Biroq Kataloniyaga kelganidan keyin iste’dodli pleymeykerning faoliyati barqaror kechgani yo‘q. Ayniqsa, so‘nggi yillardagi jarohatlar uni o‘z salohiyatini to‘liq namoyish qilish imkonini bermadi.
Transfermarkt portalida Frenki de Yongning ayni paytdagi transfer bahosi 45 million evro ekani qayd etilgan.
Fikrlar