Angliya grandlari “Barselona” yulduziga xaridor

  • 20 dekabr, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliya Premer-ligasi grandlaridan “Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari tarkibini “Barselona” pleymeykeri Frenki da Yong bilan kuchaytirmoqchi.

Aslida angliyaliklar anchadan beri bu futbolchiga og‘iz solib kelayotgan edi. Bir yil muqaddam “Manchester Yunayted” mutasaddilari “Barselona”ni bu transferga ko‘ndirgan edi. Biroq niderlandiyalik futbolchi Manchesterga borishdan bosh tortgandi.

Endi vaziyat o‘zgardi. Frenki de Yong hozir “Barselona” asosiy tarkibidagi joyidan xavotirda va kelajakda o‘yin amaliyotisiz qolib ketishi mumkin.

Bu holat Angliya klublariga transferni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda.

De Yong Kataloniya klubida 2019 yildan beri to‘p tepyapti va uning shartnomasi 2026 yilning yarmigacha amal qiladi.

Transfermarkt  portali mohir pleymeykerni 90 million evroga baholagan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!