Angliya grandlari “Real” yulduzini talashyapti

  • 07.09.2024 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasida g‘oliblik uchun kurashayotgan ikki grand – “Arsenal” va “Liverpul” tarkibini “Real” futbolchisi bilan kuchaytirishga qaror qildi.

Bu klublar frantsiyalik tayanch yarim himoyachi Orelen Tchuamenini o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlayapti. Bu haqda Todofichajes portali xabar berdi.

24 yoshli yarim himoyachi qimmatbaho o‘yinchilardan hisoblanadi. Ayni paytda uning transfer summasi 100 million evoni tashkil qilmoqda.

“Real” Tchuameni bilan 2028 yilning yarmigacha shartnoma tuzgan. Transfer ekspertlari madridliklar bu futbolchini osonlikcha qo‘yib yubormasligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!