Angliya klubi Abdulhamid uchun 20 million funt taklif qildi

  • 07.08.2026 11:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirayotgan “Fulxem” Fransiyaning “Renn” klubi markaziy himoyachisi Abdulhamid Ait Budlalni sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif yubordi.

The Athletic xabariga ko‘ra, londonliklarning taklifi 20 million funtni tashkil etgan. Ammo bu summa “Renn”ning talabiga mutlaqo javob bermagani uchun fransuz klubi taklifni rad etgan.

Shunga qaramay, “Fulxem” 20 yoshli marokashlik himoyachi uchun kurashni davom ettirish niyatida. Biroq klub vaziyatga real yondashmoqda va ayni paytda boshqa nomzodlarni ham kuzatmoqda.

Ait Budlal bu yozgi jahon chempionati uchun Marokash milliy jamoasi tarkibiga kiritilmagan. Biroq u so‘nggi Afrika millatlar kubogida o‘z terma jamoasi safida ishtirok etgan.

Futbolchi 2024 yildan beri “Renn” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsum u Fransiya Liga 1 chempionatida 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!