Angliya klubi bittada uchta eng zo‘r himoyachini sotib yubordi

  • 13 avgust, 07:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Bornmut” yozgi transferlar davrida sport nuqtai nazaridan katta yo‘qotishga uchragan bo‘lsa-da, moliyaviy tomondan ancha daromad qildi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, bu klub bir paytning o‘zida uch nafar asosiy himoyachilari – Milosh Kerkez, Din Xyoysen va Ilya Zabarniyni grand klublarga katta summaga sotib yubordi.

Chap qanot himoyachisi Milosh Kerkez Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul”ga ko‘chib o‘tdi. Liverpulliklar bu transfer uchun 46,9 million evro to‘ladi.

“Real” markaziy himoyachi Xyoysen uchun “Bornmut” hisob-raqamiga 62,5 million evro o‘tkazib berdi. Nihoyat, kuni kecha “Par Sen-Jermen” o‘z tarkibiga Ilya Zabarniyni qo‘shib oldi va bu transfer parijliklarga 63 million evroga tushdi.

“Bornmut” uch futbolchi savdosidan g‘aznaga 172,4 million evro kirim qildi. Endi bu jamoa yangi iste’dodlarni kashf qilish orqali tarkibdagi yo‘qotishlar o‘rnini qoplashga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!