Angliya kubogi. "Chelsi" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Lester"ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

  • 17 mart, 2024, 19:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya kubogi chorak final bosiqichidan o‘rin olgan "Chelsi" va "Lester" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda "ko‘klar" 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. 

13-daqiqada mezbonlar futbolchisi Kukurelya hisobni ochdi. Bo‘lim so‘nggida Sterlingning uzatmasidan keyin Palmer ikkinchi golni kiritdi. Ikkinchi taymda "tulkilar" Disasining avtogoli va Mavididining golidan keyin hisobni tenglashtirdi. 

73-daqiqada hakam "Lester" futbolchisi Doylni maydondan chetlatdi. Bahsga qo‘shib berilgan daqiqalarda Palmerning zargarona pasidan keyin Chukvuemeka jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.  So‘nggi soniyalarda esa Madueke gol urib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!