Angliya kubogi. "Manchester Siti" irodali g‘alabaga erishdi va yarim finalga yo‘l oldi
Uelsdagi "Liberti" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar Mett Graymz hamda Bersant Tselinalarning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olganiga qaramay, yakunda tajriba o‘z so‘zini aytdi.
Ikkinchi bo‘limda Bernardu Silva va Serxio Aguerolarning gollari evaziga "shaharliklar" irodali g‘alabaga erishdilar. Shu tariqa Xosep Gvardiola shogirdlari yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Bu bosqichda ular "Kristal Pelas" bilan kuch sinashishadi.

Fikrlar